«Kristal Pelas» qanot himoyachisi Tayrik Mitchell yanvar transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, «Liverpul» va «Chelsi» ham Mitchellni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
Avvalroq himoyachiga «Yuventus» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Ehtimoliy transfer qiymati 23–28 million yevro atrofida baholanmoqda.
Mitchell joriy APL mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Uning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.













