Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Raysga yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqda

"Arsenal" Raysga yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqda

Baho:
+ | -

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "Arsenal" va Deklan Rays yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

London klubi 27 yoshli yarim himoyachini uzoq muddatga jamoada saqlab qolishni istamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot ijobiy kechayotgani va yangi kelishuv Raysga yaxshilangan moliyaviy shartlarni taqdim etishi kutilmoqda.

Raysning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, "Arsenal"da uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Uning hozirgi maoshi haftasiga taxminan 240 ming funtni tashkil qiladi. Yangi bitim orqali angliyalik futbolchi klubning eng yuqori maosh oluvchi o‘yinchilari qatoriga kirishi mumkin.

Deklan Rays "Arsenal"ga 2023 yilda "Vest Xem"dan 105 million funt evaziga ko‘chib o‘tgan va shundan beri jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. 

Kiritildi: 13:54, 27.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик