«PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliya Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Villi Sanyolga murojaat qildi.
«Rahmat, Villi! Biz birga juda ko‘p yo‘lni bosib o‘tdik va ko‘plab qiyinchiliklarni yengdik.
Men va jamoadoshlarim bolalikdagi orzumizni amalga oshirib, Gruziya terma jamoasini Yevropa chempionatiga olib chiqdik. Biz bu natijaga birgalikda erishdik va tarixning bir qismiga aylandik.
Gruziya xalqi bilan birga his qilgan quvonch va tuyg‘ularimiz men uchun doimo alohida xotira bo‘lib qoladi.
Shu davr va birga o‘tkazgan yillarimiz uchun sizga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu futbol sarguzashtini hech qachon unutmaymiz.
Kelgusi faoliyatingizda omad tilayman. Hali yana uchrashamiz», — deb yozdi Kvarasxeliya ijtimoiy tarmoqlarda.













