Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 2-turida Norvegiyaga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi.
Uchrashuv bugun, 27 sentyabr kuni Oslodagi "Ullevol" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni fransiyalik hakam Fransua Leteksye boshqaradi.
Ronaldu Portugaliyaning boshlang‘ich tarkibiga kiritilmadi. Hujum chizig‘ida Fransishku Konseysau, Joau Feliks, Pedru Netu va Gonsalu Ramush birinchi daqiqalardan maydonga tushadi.
1-turda Portugaliya Uelsni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha uchrashuvda Ronaldu asosiy tarkibda o‘yin boshlab, 67 daqiqa harakat qilgan, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.













