«Vilyarreal» himoyachisi Renatu Veyga faoliyatini Londonning «Chelsi» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘klar» 2024/25 yilgi mavsumda klub sharafini himoya qilgan 23 yoshli portugaliyalik futbolchini ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 2025 yilning yozida London jamoasi o‘yinchini «Vilyarreal»ga 24,5 mln yevroga sotgan edi.
Joriy mavsumda Veyga barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozib qo‘ydi.
Himoyachining «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari portugaliyalik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.













