Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tennis. Mariya Timofeeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Tennis. Mariya Timofeeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Baho:
+ | -

WTA yangi haftalik reytingni e’lon qildi. Unda O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan tennischilar orasida muhim o‘zgarish qayd etildi.

Portugaliyaning Portu shahridagi WTA 125 turnirida chempion bo‘lgan Mariya Timofeeva reytingda birdaniga 20 pog‘ona yuqoriladi. U 989 ochko bilan 68-o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonning yangi birinchi raketkasiga aylandi.

Kamilla Rahimova 929 ochko bilan 76-pog‘onada joylashgan. Polina Kudermetova esa 728 ochko bilan 104-o‘rinni egallab turibdi.

Qolgan o‘zbekistonlik tennischilar reytingda biroz pastladi. Laima Vladson 574, Sevil Yuldasheva 1022, Milana Maslenkova 1355, Vlada Yakshibarova 1477 va Darya Shubina 1481-pog‘onada qayd etilgan.

O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni:

  1. Mariya Timofeeva — 989 ochko

  2. Kamilla Rahimova — 929 ochko

  3. Polina Kudermetova — 728 ochko

  4. Laima Vladson — 84 ochko

  5. Sevil Yuldasheva — 20 ochko

  6. Milana Maslenkova — 10 ochko

  7. Vlada Yakshibarova — 4 ochko

  8. Darya Shubina — 4 ochko

Jahon reytingi kuchli o‘ntaligida esa o‘zgarish bo‘lmadi. Qozog‘istonlik Yelena Ribakina 9901 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Arina Sabalenka ikkinchi, Jessika Pegula esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

WTA top-10:

  1. Yelena Ribakina — 9901 ochko

  2. Arina Sabalenka — 7810

  3. Jessika Pegula — 7265

  4. Koko Goff — 7244

  5. Mirra Andreeva — 5841

  6. Linda Noskova — 5328

  7. Elina Svitolina — 4809

  8. Karolina Muxova — 4683

  9. Iga Shvyontek — 4119

  10. Marta Kostyuk — 4040

Kiritildi: 16:14, 28.09.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик