Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh payshanba kuni Daniyaga qarshi o‘tadigan Millatlar ligasi bahsiga qadar to‘liq tiklanishiga umid qilmoqda.
Fernandesh yakshanba kuni Norvegiyaga qarshi o‘tgan va Portugaliyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jezush Osloda futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qilgan.
Brunu Uelsga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alabali uchrashuvda 90 daqiqaga yaqin harakat qilgan, ammo muayyan muammo bilan o‘ynagani sabab final hushtagidan oldin almashtirilgan edi.
Jezush yarim himoyachi bilan suhbatlashgan va rejaga ko‘ra, Fernandesh Daniyaga qarshi o‘yindayoq maydonga qaytishi kerak.
Uning «Manchester Yunayted»dagi jamoadoshi Diogu Dalot ham ushbu bahsda ishtirok etishi mumkin. Patrik Dorgu esa Uelsga qarshi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etganidan so‘ng klubi ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.













