UFC chempioni Jastin Gedji Iliya Topuriya ularning jangida taslim bo‘lmaganini ma’lum qildi.
«Topuriya raundlar oralig‘idagi stulda taslim bo‘lgani yo‘q. U jangni davom ettirish uchun juda og‘ir jarohatlar olgan edi. Qarorni u emas, uning murabbiylari qabul qildi. Ular uni himoya qilish uchun u yerda turishibdi. Mening murabbiylarim ham xuddi shu sababdan burchakda turishadi – shunday vaziyatlarda meni himoya qilish uchun», — dedi Gedji.
To‘rtinchi raunddan so‘ng Topuriyaning akasi Aleksandr uni jangni davom ettirishdan to‘xtatdi. O‘sha paytda Iliyaning burni va yuz suyaklari singan edi.













