Himoyachi Alexandro Balde «Barselona»ning asosiy tarkibidagi mavqeini yo‘qotgan. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Baldeni jamoa uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi deb hisoblamaydi, klub sport direktori Deku esa anchadan beri uni maosh vedomostidan chiqarish imkonini izlamoqda.
«PSJ» 22 yoshli Baldeni tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi transfer qanday shartlarda amalga oshishi mumkinligini aniqlash uchun ish boshlagan.
«Luis Enrike Balde kabi himoyachi tezligi, bo‘sh hududlardagi harakati va katta masofalarni bosib o‘tish qobiliyati orqali jamoaga nimalar bera olishini juda yaxshi biladi. Enrike hujumda maydon kengligini ta’minlay oladigan himoyachi izlamoqda va muhit almashishi Baldega foyda berishi mumkin, deb hisoblaydi», — deyiladi xabarda.
«Barselona» Baldeni keyinchalik katta summaga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.













