Kirish Ro'yxatdan o'tish

Meksikalik bokschi nokautdan so‘ng vafot etdi

Meksikalik bokschi nokautdan so‘ng vafot etdi

Baho:
+ | -2

Meksikalik bokschi Arturo Torres jangidan bir necha kun o‘tib, 26 yoshida vafot etdi. U 19 sentyabr kuni o‘tkazilgan jangda nokautga uchraganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan edi.

Torres Mexiko shahrida vatandoshi Xilberto Garsiyaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang 7-raundda Garsiyaning nokauti bilan yakunlandi. Jangdan keyin Torres bir muddat ringda qolgan, keyin esa hushini yo‘qotgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Mexiko shahridagi shifoxonaga olib ketilgan.

Tibbiy tekshiruvlar davomida bokschining bosh miyasiga qon quyilishi aniqlangan. Shundan so‘ng sportchini qutqarib qolish maqsadida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq bokschi komadan chiqa olmadi va oqibatda 25 sentyabr kuni vafot etdi.

Ma’lumot uchun, Arturo Torres professional boksdagi faoliyatini 2018 yil noyabr oyida boshlagan. U faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:39, 28.09.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик