Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘ziga qaratilgan tanqidlarga javob berdi.
"Mening ishimga nisbatan tanqid har doim bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu tanqid bu jamoa yoki bu futbolchilarning kelajagi haqidagi tasavvurimga ta’sir qilmaydi.
Tanqid mening kelajak haqidagi tasavvurimga qanday ta’sir qilishi mumkin? Nolga teng", dedi Anchelotti Avstraliyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini oldidan matbuot anjumanida.
Bu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.













