Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tonali: "Qaysi pozisiyada o‘ynashim muhim emas"

Tonali: "Qaysi pozisiyada o‘ynashim muhim emas"

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali UEFA Millatlar ligasi 2-turida Turkiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

Uchrashuv Bursa shahridagi "Bursa Byuyukshexir BelediYE" stadionida o‘tkaziladi. Bahsni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqaradi.

"Men o‘yinga 100 foiz tayyorman. Avvalgi qiyinchiliklarni ortda qoldirdim va jamoaga yordam berishga tayyorman. Yarim himoyada aynan qaysi pozisiyada o‘ynashim muhim emas, chunki o‘yindagi vazifalar har bir uchrashuvga qarab o‘zgarishi mumkin. Ayrim holatlarda bir pozisiyada harakat qilish yaxshiroq bo‘ladi, boshqa vaziyatlarda esa boshqa joyda o‘ynash kerak bo‘ladi", — deya Tonalining so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirdi.

Guruh bosqichining keyingi turida Turkiya 2 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi o‘ynaydi. Italiya esa xuddi shu kuni Fransiya bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:15, 28.09.2026.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик