Kirish Ro'yxatdan o'tish

Millatlar ligasi. Olise 88-daqiqada Fransiyaga Belgiya ustidan g‘alaba keltirdi

Millatlar ligasi. Olise 88-daqiqada Fransiyaga Belgiya ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi «A» ligasi A1 guruhi 2-turida Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 28 sentyabr kuni Belgiyaning Bryussel shahridagi Qirol Boduen nomidagi stadionda bo‘lib o‘tdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ushbu bahsda ishtirok eta olmadi. U Turkiyaga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan va shundan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Uchrashuvdagi yagona gol 88-daqiqada Maykl Olise tomonidan urildi. Golli uzatmani Rayan Sherki amalga oshirdi. Har ikki futbolchi ham 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

Fransiya 6 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 3 ochkoga ega Belgiya esa ikkinchi pog‘onada joylashgan.

2 oktyabr kuni Millatlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Belgiya Turkiyaga qarshi maydonga tushadi, Fransiya esa Italiya bilan bahs olib boradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:52, 29.09.2026.
O'qildi: 381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик