Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan Belgiya ustidan g‘alabadan so‘ng: «Men juda mamnunman»

Zidan Belgiya ustidan g‘alabadan so‘ng: «Men juda mamnunman»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Belgiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 88-daqiqada Maykl Olise urdi.

«Men juda mamnunman. Biz to‘pga egalik qilishda ustunlik qilishni istaymiz va bu jihatga alohida e’tibor qaratdik. Jamoamizda sifat ham, o‘ziga bo‘lgan ishonch ham juda yuqori. Futbolchilar buning evaziga juda ko‘p narsa berishmoqda. Ular nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishdi. Debyutantlar ham birinchi o‘yinida o‘zlarini yaxshi namoyon etishdi. Men xursandman.

Menimcha, bugun kechqurun kuchli Belgiya terma jamoasiga qarshi juda yaxshi o‘ynadik. Biz jasoratli harakat qildik, raqib maydoniga o‘tishdan qo‘rqmadik. Garchi ikkinchi bo‘limda sur’atni biroz pasaytirgan bo‘lsak-da, o‘yin davomida ustunlik qildik va bu g‘alabaga to‘liq loyiq edik», — deya Zidanning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.

Fransiya terma jamoasi ikki o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, Millatlar ligasi «A» divizioni 1-guruhida peshqadamlik qilmoqda. 2 oktyabr kuni Fransiya o‘z maydonida Italiyani qabul qiladi.

Kiritildi: 04:04, 29.09.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик