Isroil va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin atrofidagi keskinlik hamon davom etmoqda. Avvalroq xabar qilinganidek, Irlandiya tomoni Isroilning Falastinda olib borayotgan harbiy harakatlari sababli bu raqibga qarshi o‘ynashni uzoq vaqt istamagan edi.
Isroil terma jamoasi sardori Manor Solomon vaziyatga munosabat bildirib, shunday dedi:
«Ular madhiya vaqtida nima qilgani menga baribir. Bizning mamlakat ularnikidan o‘n barobar yaxshiroq — kuchliroq, buyuk mamlakat va ajoyib insonlarga ega. Ular terma jamoa libosini g‘urur bilan kiyishadi va isroillik ekanidan faxrlanishadi.
Biz askarlarimiz bilan faxrlanamiz — ularning qo‘lidan hamma narsa keladi. Biz isroillikmiz, o‘z Vatanimizni sevamiz va eng asosiysi — g‘alaba», — deya Solomonning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Futbol nuqtai nazaridan esa uchrashuv Irlandiyaning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.













