«Barselona» vingeri Entoni Gordon Lamin Yamal va Xarri Keynning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi imkoniyatlarini baholadi.
19 yoshli ispaniyalik va 33 yoshli angliyalik futbolchi joriy yilgi sovrinning asosiy da’vogarlari qatorida ko‘rilmoqda.
“Oltin to‘p” masalasi juda murakkab. Agar siz gol urish sermahsulligini qadrlasangiz, Keynning mavsumi — tarixiy darajada. Ammo Yamal ham bor — u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Eng kuchlisi g‘alaba qozonsin. Barchaga omad tilayman!" — deya Gordonning so‘zlarini Barca Universal keltiradi.
«Oltin to‘p» sohibi nomi 26 oktyabr kuni Londonda o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
O‘tgan yili Lamin Yamal ovoz berish natijalariga ko‘ra Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan, Xarri Keyn esa 13-o‘rindan joy olgan.













