Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan: «Italiyaga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmanmi? Yo‘q»

Zidan: «Italiyaga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmanmi? Yo‘q»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi Turkiya va Belgiyaga qarshi safar o‘yinlarida bir xil — 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, 6 ochko jamg‘ardi.

Endi Zinedin Zidan jamoasini Italiyaga qarshi uy uchrashuviga tayyorlaydi. Biroq mutaxassis hozircha navbatdagi bahs haqida o‘ylamayotganini ta’kidladi.

«Italiyaga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmanmi? Yo‘q, chunki bizga dam olish kerak. Hozir futbolchilarim tiklanishini va o‘zlariga vaqt ajratishini xohlayman. Biz uyga, bazamizga qaytamiz. Har narsaning o‘z vaqti bor», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltiradi.

2006 yilda Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati finalida Italiyaga qarshi 1:1 hisobida durang o‘ynagan va penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi. O‘sha uchrashuvda Zinedin Zidan Marko Materassining ko‘kragiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Kiritildi: 04:19, 29.09.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик