Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasida Belgiyani safarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona golni ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Maykl Olise urdi. U to‘p bilan o‘z maydonidan harakatni boshlab, yakka tartibda oldinga o‘tdi va jarima maydoni chizig‘idan aniq zarba berdi.
O‘yindan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Maykl Olise haqida fikr bildirdi.
«Bu — sof iste’dod. U haqiqiy futbolchi, men esa shunday o‘yinchilarni yaxshi ko‘raman. U muxlislarni xursand qilishni istaydi va futbolni his qiladi. U o‘yinni yaxshi tushunadi, qachon oldinga intilish va qachon sur’atni pasaytirish kerakligini biladi. U bilan ishlayotganimdan xursandman», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltiradi.
2 oktyabr, juma kuni Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Italiyani qabul qiladi.













