Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jeremi Jake milliy jamoadagi debyut o‘yinidan unchalik qoniqmaganini tan oldi.
21 yoshli «Liverpul» futbolchisi Millatlar ligasi doirasida Belgiyaga qarshi safar uchrashuvida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi. Bahs fransuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«O‘z o‘yinimdan qoniqdimmi? Yo‘q. Hujum bosqichidagi ikki-uchta vaziyat yodimga tushyapti, o‘sha paytlarda ancha yaxshiroq pas berishim mumkin edi.
Asosiy tarkib futbolchisiga aylanamanmi-yo‘qmi, bu haqida o‘ylamayapman. Voqealarni shoshirmayman. Menga ishonishyapti, ko‘rsatmalar berishyapti — men esa ularni bajarishga harakat qilyapman. Osmonda uchib yurganim yo‘q», — dedi Jake TF1 bilan suhbatda.
Juma kuni Zinedin Zidan jamoasi o‘z maydonida Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.













