«Liverpul» markaziy himoyachisi Jeremi Jake Fransiya terma jamoasidagi debyut o‘yinidan so‘ng intervyu berdi.
21 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi uchrashuvda «uch ranglilar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
«O‘yindan ikki kun oldin Zidan menga maydonga tushishimni aytdi. U barcha futbolchilar bilan juda yaqin munosabatda.
Murabbiy har kimga o‘zini ko‘rsatish imkonini berishga harakat qiladi. U terma jamoada o‘ynash tajribasi kam bo‘lgan yosh futbolchilarni maydonga tushirishdan qo‘rqmaydi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni doimo xotirjam tarzda yetkazadi va har birimiz bilan aloqani saqlab turadi», — dedi Jake TF1 bilan suhbatda.
2 oktyabr, juma kuni Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Italiyani qabul qiladi.













