Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Belgiyaga qarshi safar uchrashuvida Maykl Olise urgan kechki golga juda hissiyotli munosabat bildirdi. Aynan shu gol jamoaga g‘alaba keltirdi.
O‘yindan so‘ng Zidan ushbu vaziyatni shunday izohladi:
«Mening reaksiyammi? Olisening raqibni aldab o‘tayotganini ko‘rdim va o‘sha zahoti: «U gol uradi», deb o‘yladim. O‘sha lahzada men ham u bilan birga bu vaziyatga butunlay kirishib ketgandim.
Bugun biz barcha komponentlarda, jumladan pressingda ham juda yaxshi o‘ynadik. Kuchli raqibga qarshi muayyan ishni bajardik. Bardosh berdik, jasorat ko‘rsatdik va raqib maydoniga o‘tishdan qo‘rqmadik — menga aynan shu yoqadi», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltiradi.
Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi dastlabki ikki uchrashuvda 6 ochko jamg‘ardi. Endi Zidan jamoasi 2 oktyabr kuni o‘z maydonida Italiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘radi.













