Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik «Liverpul» qiziqish doirasiga tushdi.
Jarohatlar sabab yuzaga kelgan tarkib muammolari tufayli «qizillar» hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Topskills Sports UK ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi Endrikni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu 20 yoshli futbolchiga unchalik ishonch bildirmayapti. Shu bois madridliklar kelasi qishda Endrikni ijaraga berish yoki to‘liq transfer qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Transfermarkt portali mutaxassislari Endrikning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Braziliyalik futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.













