Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya debyutanti Da Kunya hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Fransiya debyutanti Da Kunya hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi yarim himoyachisi Lukas da Kunya Fransiya terma jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi. Futbolchi Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda 89 daqiqa maydonda harakat qildi.

«Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. G‘alabaga loyiq edik va Olisening golidan keyin barchamiz yengil tortib qoldik.

Mening o‘yinimmi? Murabbiy menga to‘liq ishonch bildirdi va erkin harakat qilishimni, klubimda qanday o‘ynasam, xuddi shunday o‘ynashimni aytdi. Maydonda o‘zimni juda yaxshi his qildim.

Bu juda katta ahamiyatga ega — kuchli hissiyotlar va ulkan quvonch. Axir bir necha yil oldin hali ikkinchi divizionda o‘ynardim», — deya Da Kunyaning so‘zlarini TF1 keltiradi.

Fransiya terma jamoasi 6 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 2 oktyabr kuni Italiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 04:46, 29.09.2026.
O'qildi: 315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик