Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Alexandro Balde uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor

«PSJ» Alexandro Balde uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» «Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Parijliklarning 22 yoshli futbolchiga qiziqishi haqida avval ham xabar berilgan edi. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» ispaniyalik futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, Balde bilan bog‘liq vaziyatni «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va Milanning «Inter» klublari ham kuzatib bormoqda.

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Baldega unchalik ishonch bildirmayapti. Joriy mavsumda himoyachi bor-yo‘g‘i bir marta maydonga tushgan — u La Liga doirasida «Rasing»ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuv so‘ngida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Transfermarkt portali mutaxassislari Baldening bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:50, 29.09.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик