Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi arafasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Qanday mezonlar inobatga olinishini bilmayman, ammo doimo bir narsani aytganman: futbolchilar orasida ham, murabbiylar orasida ham ispaniyalik g‘alaba qozonishini xohlayman.
Menimcha, barchamiz bunga munosibmiz. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi. Nominasiyaning o‘zi ham katta e’tirof va faxrlanish uchun sabab. Men bundan juda xursandman», — dedi de la Fuente AS nashriga bergan intervyusida.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. 2026 yilda ushbu mukofot 70-marta topshiriladi.
Sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri Lamin Yamal hisoblanmoqda. U joriy yil yozida Ispaniya terma jamoasi bilan JCH-2026 g‘olibi bo‘lgan.













