Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabian Ruis: «Oltin to‘p»ni olish uchun imkoniyatim bor»

Fabian Ruis: «Oltin to‘p»ni olish uchun imkoniyatim bor»

Baho:
+ | -

«PSJ» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis «Oltin to‘p» uchun kurashdagi o‘z imkoniyatlarini baholadi.

30 yoshli futbolchi Parij klubi safida Liga 1 va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi, Ispaniya terma jamoasi bilan esa jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoaviy muvaffaqiyatlariga qaramay, Ruis individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatoriga kiritilmayapti.

«Bu yerda gap targ‘ibot kampaniyasi haqida emas. Menimcha, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatim bor, chunki barcha asosiy sovrinlarni yutdim», — deya Ruisning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltiradi.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili sovrinni Fabianning «PSJ»dagi jamoadoshi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 04:57, 29.09.2026.
O'qildi: 335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик