Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Chexiyaga qarshi o‘yin oldidan tarkib haqida gapirdi

Tuxel Chexiyaga qarshi o‘yin oldidan tarkib haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Avvalgi uchrashuvda angliyaliklar o‘z maydonida Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

«Biz raqibni hurmat qilamiz, uning darajasini yaxshi bilamiz va Pragadagi bu o‘yin qanchalik qiyin bo‘lishini tushunib turibmiz», — dedi Tuxel.

Mutaxassis shuningdek, Ispaniyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan Ezri Konsa va Niko O’Raylida sog‘liq bilan bog‘liq kichik muammolar borligini va ular Chexiyaga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qildi.

«Ideal holatda men o‘sha tarkibni yana maydonga tushirishni istardim. Ammo avval shifokorlar, fizioterapevtlar va futbolchilarning o‘zi bilan gaplashishim kerak.

Yig‘in boshlanishidan oldin tarkibda juda ko‘p rotasiya qilmaslikni rejalashtirgan edim. Lekin biz har doim futbolchilarning holatiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashamiz», — dedi Tuxel.

Chexiya — Angliya uchrashuvi 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:00, 29.09.2026.
O'qildi: 310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик