«Kristal Pelas» markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Ushbu ma’lumotni TEAMtalk e’lon qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» Sheshkoga raqobatni kuchaytirish uchun yangi forvard sotib olishga harakat qilmoqda. Mateta klub sport direktori Djeyson Uilkoksning e’tibor markazida turibdi, ammo shu bilan birga «Manchester Yunayted»ning hujumchi sotib olish uchun byudjeti cheklangani qayd etilmoqda. Asosiy maqsad — yarim himoyani kuchaytirish.
Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» va Matetaning vakillari o‘rtasida dastlabki aloqalar bo‘lib o‘tgan.
Joriy mavsumda 29 yoshli fransiyalik futbolchi Premyer-liganing faqat birinchi turida maydonga tushdi, shundan so‘ng jarohat oldi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Matetaning bozor narxi 30 million yevroni tashkil etadi.













