Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduni milliy jamoa va mamlakat ramzi deb atadi. Biroq u futbolchi bilan uchrashuv va uning terma jamoaga ehtimoliy qaytishi masalasi keyinroq ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Jezush kelasi hafta Ronaldu bilan uchrashib, tomonlar o‘rtasidagi mojaroni bartaraf etishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Krishtianu Ronaldu — milliy jamoa ramzi, Portugaliya ramzi. O‘yindan keyin bu haqda gaplashish uchun vaqt yetarli bo‘ladi", — deya Jezushning so‘zlarini Record nashri keltirdi.
Murabbiyning qo‘shimcha qilishicha, hozir uning barcha fikri Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi bo‘lajak uchrashuvga qaratilgan.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda portugaliyaliklar safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Aynan o‘sha bahsda Krishtianu zaxirada qolgan va maydonga tushmagan. Shu voqea Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lgan.













