"Barselona"ning ikkinchi jamoasida to‘p surayotgan vinger Yesse Bisivu klubdagi yulduz futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Belgiyalik futbolchi o‘tgan yozda "Bryugge"dan 8,5 million yevroga Kataloniya grandi safiga qo‘shilgan.
"Barselona"da futbol yulduzlari o‘ynaydi, ammo ular ham oddiy yigitlar va juda xushmuomala. Rafinya sardor sifatida tez-tez ahvolimni, klubda o‘zimni qanday his qilayotganimni so‘raydi", — deya 18 yoshli futbolchining so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Yesse Bisivu "ko‘k-anorranglilar"ning ikkinchi jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazgan, ammo asosiy jamoada hali debyut qilmagan.
Istiqbolli futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.













