Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Mak Allister APLning boshqa grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

Mak Allister APLning boshqa grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Qizillar" rahbariyati argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmayapti. Uning amaldagi kelishuvi 2028 yilda yakunlanadi.

Yarim himoyachi bu vaziyatdan norozi va mish-mishlarga ko‘ra, faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Transfer News Live nashri Football Insider manbasiga tayanib xabar berishicha, Makallisterga "Chelsi" da’vogarlik qilmoqda.

"Ko‘klar" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda va 27 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin.

Transfermarkt portali Aleksis Mak Allisterning bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda jahon chempioni "Liverpul" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:29, 04.10.2026.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик