Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

"Barselona" himoyachisi o‘zining hozirgi formasini tanqid qildi

"Barselona" himoyachisi o‘zining hozirgi formasini tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde ayni paytda o‘zining odatiy darajasida o‘ynamayotganini tan oldi. Shu sababli u ham klubida, ham Fransiya terma jamoasida zaxira o‘rindig‘ida qolmoqda.

"Jismoniy jihatdan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, sog‘ligim bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Agar o‘ynamayotgan bo‘lsam, demak, bu murabbiyning qarori. Ehtimol, hozir o‘z imkoniyatlarimdan ancha past darajada harakat qilayotgandirman.

Men bu vaziyatni qabul qilaman va kerakli formamni qaytarish uchun ishlashda davom etaman", — deya Kundening so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kunde 2022 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 10:48, 05.10.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик