Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

"Gukesh o‘ta iqtidorli shaxmatchi" — Javohir Sindorov

"Gukesh o‘ta iqtidorli shaxmatchi" — Javohir Sindorov

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha Jahon toji uchun da’vogar Javohir Sindorov amaldagi chempion Gukesh Dommaraju va ularning bo‘lajak bahsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Agar Gukeshni bir so‘z bilan ta’riflash kerak bo‘lsa, uni "o‘ta iqtidorli" degan bo‘lardim. Mening nazarimda, u juda iste’dodli shaxmatchi. Uchrashuv juda og‘ir kechadi. Gukeshda jahon chempionati bahsida qatnashish tajribasi bor, ammo bu bahs ikkalamiz uchun ham juda qiyin bo‘ladi.

U juda kuchli shaxmatchi. So‘nggi yillarda uning o‘yini va o‘ziga bo‘lgan ishonchida ayrim muammolar kuzatildi, biroq agar u o‘zining eng yuqori darajasiga, men ham o‘zimning eng yuqori darajamga chiqa olsak, juda qiziqarli va keskin qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz", dedi Sindorov.

Jahon toji uchun bahs shu yilning 22 noyabridan 13 dekabriga qadar Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Reglamentga ko‘ra, g‘olibni aniqlash uchun jami 14 ta partiya o‘ynaladi va chempionlik uchun shaxmatchilardan 7,5 ochko jamg‘arish talab etiladi.

Agar tomonlardan biri bu natijaga belgilangan o‘yinlardan ertaroq erishsa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Asosiy o‘yinlar 7:7 hisobidagi durang bilan tugasa, chempion nomi tay-breykda aniqlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:35, 05.10.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик