Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Aleks Fergyuson: "85 yoshgacha yashasam, buning o‘zi yaxshi"

Aleks Fergyuson: "85 yoshgacha yashasam, buning o‘zi yaxshi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson demensiya (bu xotira, fikrlash, nutq va kundalik ko‘nikmalarning susayishiga olib keladigan orttirilgan aqliy zaiflik holati) bilan bog‘liq xavotirlari haqida gapirdi. 84 yoshli mutaxassis ushbu kasallik rivojlanishi ehtimoli uni tashvishga solishini tan oldi.

"Men futbolchilik paytimda bosh bilan juda ko‘p o‘ynaganman. Barcha futbolchilar bundan o‘tgan. Demensiya — inson yoshi o‘tgan sari duch kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy sinov. Men doimo o‘zimga: "Men 84 yoshdaman. Agar 85 yoshgacha yashasam, demak, buning o‘zi yaxshi", deb aytaman", — deya Fergyusonning so‘zlarini Goal keltirdi.

O‘tgan oyda Fergyuson axill payi bilan bog‘liq muammo sabab maxsus ortopedik poyabzalda ko‘rinish bergan edi. Shunga qaramay, u "Manchester Yunayted"ni tribunadan qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Kiritildi: 12:26, 05.10.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик