Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

"Inter" yetakchilaridan biri mashg‘ulotlarga qaytdi

"Inter" yetakchilaridan biri mashg‘ulotlarga qaytdi

Baho:
+ | -

"Inter" yarim himoyachisi Hakan Chalxanoglu jarohatidan tiklandi va Italiya chempionatining navbatdagi turida maydonga tushishga tayyor. Bu haqda Goal nashri Sportmediaset'ga tayanib xabar berdi.

Turkiyalik futbolchi 8 sentyabr kuni Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘ng sonning yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat olgan edi. Bugun Chalxanoglu umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Kutilishicha, 10 oktyabr kuni "Parma"ga qarshi uy uchrashuvida Chalxanoglu "Inter"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Shuningdek, himoyachilar Federiko Dimarko va Jed Spens ham jamoa qaydnomasiga qaytishi kutilmoqda.

"Inter" 13 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Roma" va "Lasio" ham xuddi shuncha ochko to‘plagan. "Parma" esa 15-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 21:50, 05.10.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик