«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo Millatlar ligasi doirasidagi o‘yin oldidan Xorvatiyaga qaytish u uchun qanday hissiyotlar uyg‘otayotgani haqida gapirdi.
«Bu mamlakat menga hozir ega bo‘lgan barcha narsamni berdi. Xorvatiyaga qarshi o‘ynash imkoniyati, garchi uchrashuv Zagrebda bo‘lmasa ham, menda alohida hissiyotlar uyg‘otadi.
O‘yinga oilam va ko‘plab do‘stlarim keladi. Ertangi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Olmo.
Olmo 2014 yilda «Barselona» akademiyasidan Zagrebning «Dinamo» klubiga ko‘chib o‘tgan. Ispaniyalik futbolchi Xorvatiya jamoasining asosiy tarkibida besh yildan ortiq vaqt o‘ynadi.
2020 yil yanvarda u faoliyatini «RB Leypsig»da davom ettirdi, keyinchalik esa «Barselona»ga qaytdi.
Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktyabr kuni Split shahrida o‘zaro bahs olib boradi.













