Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi

Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias «Barselona» bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yil iyun oyiga qadar uzaytirdi. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, imzolangan. Barchasi rejadagidek ketsa, rasmiy e’lon juma kuni amalga oshiriladi.

«Barselona» Rafinyani 2022 yilda Angliyaning «Lids» klubidan taxminan 60 million yevroga sotib olgan. Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha turnirlardagi 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Rafinyaning bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:03, 06.10.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик