Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshladi

"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda FlashScore nashrining taniqli jurnalisti Din Jons xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "Old Trafford"da qolish istagini bildirgan. Biroq masalaning moliyaviy tomoni vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

2027 yilda bir qator klublar Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi va unga jozibador moliyaviy shartlar taklif qilishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, "Manchester Yunayted" Fernandeshni jamoada qolish uning uchun eng to‘g‘ri qaror ekaniga ishontirish niyatida qat’iy.

Joriy mavsumda 32 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:58, 06.10.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик