Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Skaloni: "Messidagi kabi aurani hech qachon ko‘rmaganman"

Skaloni: "Messidagi kabi aurani hech qachon ko‘rmaganman"

Baho:
+2 | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyati yakunlanganidan so‘ng yangi jamoa qurish niyatida ekanini aytdi.

7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Beninga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan bahsda u to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi, bitta gol urdi va Otamendi hamda Pasga ikkita golli uzatma berdi.

"Endi biz yangi iste’dodlar va yosh futbolchilar asosida jamoa quramiz, yangi yo‘llarni izlaymiz... Ammo Lionel Messidagi kabi aurani men hech qachon ko‘rmaganman.

Biz yangi bobni boshlaymiz, ammo Leoning jamoaga beradigan ta’sirini almashtirib bo‘lmaydi", — deya Skalonining so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

Qayd etish joiz, so‘nggi xalqaro tanaffusda Argentina terma jamoasi uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozondi va birorta gol o‘tkazib yubormadi. Jahon vise-chempionlari Boliviyani 4:0, Burkina-Fasoni 7:0 va Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 11:42, 07.10.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик