Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Yamal: "Onam o‘qimasam, futbol o‘ynamaysan, derdi"

Yamal: "Onam o‘qimasam, futbol o‘ynamaysan, derdi"

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 19 yoshli hujumchisi Lamin Yamal onasi uni bolaligida ko‘proq o‘qishga majbur qilganini aytdi.

"Onaim doim yaxshi o‘qishimni xohlardi. U meni qo‘shimcha dars qilishga majbur qilar va ba’zida: "O‘qimasang, futbol o‘ynamaysan", derdi.

Ammo men kelajagimni futbol bilan bog‘lashni xohlashimni doim bilardim", — deya Yamalning so‘zlarini Barça Universal keltirdi.

Yamal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar hisobida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Yamal ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning transfer qiymati 220 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:39, 07.10.2026.
O'qildi: 439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик