"Manchester Siti" moliyaviy qoidalarning ko‘plab buzilishlarida o‘zini aybsiz deb hisoblamoqda. Klub mustaqil komissiyaning aybdorlik haqidagi qarori ustidan apellyasiya bergan. Agar manchesterliklar apellyasiyada yutqazsa, klub jiddiy jazoga duch kelishi mumkin.
The Touchline jurnalist Dankan Kastlzga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti"ni nafaqat Premyer-ligadan chiqarib yuborish, balki Angliya futbol ligasiga ham qabul qilmaslik ssenariysini qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘p.
Angliya futbol ligasi tarkibiga Chempionship, Birinchi liga va Ikkinchi liga, ya’ni mamlakat futbolidagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajali divizionlar kiradi.
Shuningdek, "Manchester Siti"ning Abu-Dabilik egalarini klub boshqaruvidan chetlatish g‘oyasi ham qo‘llab-quvvatlanayotgani aytilmoqda.













