Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Runi: «Teves mashg‘ulotlarda mutlaqo sharmanda edi»

Runi: «Teves mashg‘ulotlarda mutlaqo sharmanda edi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Karlos Tevesni o‘zi birga ishlagan futbolchilar orasida mashg‘ulotlardagi eng yomon o‘yinchi deb atadi. Runining so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi mashg‘ulotlarda «mutlaqo sharmanda» edi, ammo jamoa va murabbiylar shtabi uning o‘yinlardagi faolligi uchun bu holatga ko‘z yumgan.

«Agar siz Tevesning mashg‘ulotlardagi holatini ko‘rganingizda, bu mutlaqo sharmandachilik edi. U hayotimda ko‘rgan mashg‘ulotlardagi eng yomon futbolchi edi! Ammo jamoadosh yoki murabbiy sifatida biz bunga ko‘z yumardik, chunki u maydonga tushganida bor kuchini berardi».

Runi, shuningdek, Teves mashg‘ulotlarga munosabati shunday bo‘lganiga qaramay, uning hujumdagi eng sevimli sheriklaridan biri bo‘lganini ta’kidladi. Argentinalik futbolchi «Yunayted»ga ikki mavsum davomida 6 ta sovrinni, jumladan 2008 yildagi Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishda yordam bergan.

Kiritildi: 17:37, 07.10.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик