Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Yevropa ligasi. Chorak final qur’asi haqida

Yevropa ligasi. Chorak final qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining nimchorak final bosqichi yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning chorak final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a haqida foydali ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Chorak finalga chiqqan jamoalar
"Arsenal" (Angliya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Zalsburg" (Avstriya)
"Lasio" (Italiya)
"Olimpik" (Fransiya)
"RB Leypsig" (Germaniya)
"Sporting" (Portugaliya)
SSKA (Rossiya)

Qachon va qayerda?
Chorak finalga qur’a tashlash marosimi bugun, 16 mart kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi. Ushbu tadbirdan 1 soat avval esa Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qur’a mexanizmi
Qur’adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Qur’a "ko‘r-ko‘rona" tamoyili asosida o‘tkaziladi. Bir mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin. Qur’a jarayonida nomi birinchi chiqqan jamoa chorak finalning dastlabki bahsini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Qur’ani qayerda tomosha qilish mumkin?
UZREPORT TV va FUTBOL TV qur’a marosimini jonli efirda translyasiya qilishni rejalashtirgan.

Qur’a jarayonida kimlar ishtirok etadi?
UYEFA mas’ul xodimlaridan tashqari Yevropa ligasi finali elchisi — Erik Abidal.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki o‘yinlar 5 aprel, javob bahslari esa 12 kunlari bo‘lib o‘tadi. To‘liq taqvim qur’adan keyin aniq bo‘ladi.

Navbatdagi o‘yinlar:
Chorak final: 5 va 12 aprel
Yarim finalga qur’a: 13 aprel
Yarim final o‘yinlari: 26 aprel va 3 may
Final: 16 may, chorshanba, Lion, "Stad-de-Lion" stadioni

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:52, 16.03.2018.
O'qildi: 10891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик