Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Vinchenso Montella: «Gattuzoning meni ayblashi noto‘g‘ri bo‘ldi»

Vinchenso Montella: «Gattuzoning meni ayblashi noto‘g‘ri bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Milan»ning navbatdagi o‘zgarish davri 2017 yilning noyabriga to‘g‘ri kelib, bu paytda jamoaga Vinchenso Montella bosh murabbiylik qilayotgandi. Ammo uning boshchiligida «rossoneri» barqarorlikka erisholmadi va «Torino» bilan o‘yindagi durangdan so‘ng klub rahbarlari murabbiyning javobini berib yuborishdi. Endi, oradan 12 oy o‘tib, «Milan»ning turinliklar bilan navbatdagi uchrashuvi arafasida «qizil-qoralar» sobiq ustozi bo‘lib o‘tgan voqealarni yodga oldi.

 - Sizni durangdan so‘ng iste’foga chiqarishdi. Bu siz afsuslanadigan yagona jihatmi?

- Yo‘q. Birinchidan, o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ko‘plab imkoniyatlar yaratgandik. Ikkinchidan, rahbariyat menga ishonmay qo‘ygandi, bu yaqqol sezilayotgandi. Mening eng katta xatoim - jamoaning kelgusidagi maqsadlari haqida gapirib, rahbariyatni ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatlaganim. Oqibatda, bizdan haddan ziyod ko‘p narsa kutadigan bo‘lib qolishdi. Vaholanki, jamoamizda 11 nafar yangi futbolchi bor edi, ularning aksariyati Chempionlar Ligasida o‘ynash tajribasiga ham ega emasdilar. Imkon qadar kamtarroq bo‘lish kerak edi. Boshlagan ishimni yakunlay olmaganimdan o‘zimni yoqimsiz his etdim. Biz yanada sezilarliroq o‘sishga erisha olardik, ammo vaqtimiz yetarli emasdi.

- 11ta transferni ham qo‘llab-quvvatladingizmi?

- Ayrim kelishuvlarni muhokama qildik, ba’zi xaridlardan esa ular amalga oshirib bo‘lingach xabar topdim - masalan, Andre Silvani olaylik. Bonuchchining transferini men xohlagandim, bu katta tajribaga ega futbolchini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat edi. Chalxanoglu yarim yillik tanaffusdan keyin keldi. Natijada ikkita pozisiyani yopishga ulgurmadik: hujum tashkil etadigan yarim himoyachilar va forvard tanqisligi kuzatildi.

- Ammo Mirabellining aytishicha, Kalinich sizning tashabbusingiz bilan olib kelingan ekan.

- Uni jamoada ko‘rishni xohladim. Biroq bundan avval Morata va Batshuayi bilan shartnoma tuzishga juda yaqin kelgandik. Lekin ixtiyorimizda 20 million qolgandi, xolos - bu pulga ularni sotib olish imkonsiz.

- Mablag‘ Ronaldu xaridiga ham yetmasdi. Portugaliyalik yulduz bilan muzokara o‘tkazilganini tasdiqlaysizmi?

- Urinish bo‘lgandi.

- Bonuchchiga sardorlik bog‘ichini kim bergandi?

- Bu rahbariyatning qarori edi. Leoga qo‘ng‘iroq qilib, bu himoyachi bog‘ichsiz ham yetakchi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladim. Klub mendan yangi o‘yinchilardan biriga ushbu vazifani yuklatishni talab qildi. Ehtimol, bu to‘g‘ri bo‘lgandir. Men Leo hamda Bigliyadan birini tanlashim kerak edi, Lukasga esa bunday fikr yoqmadi.

- O‘rningizni Gattuzo egalladi. U bilan biror marta qo‘ng‘iroqlashganmisiz?

- Yo‘q. Biror marotaba bo‘lsada suhbatlashmaganmiz. Unga aytmoqchi bo‘lganim, o‘z intervyusida jismoniy tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolarga alohida to‘xtalganida xato qildi. Men uchun bu juda muhim mavzu. Gattuzo o‘z ishini yaxshi bajaryapti, ammo qandaydir muammo bo‘yicha aybni menga ag‘darish noto‘g‘ri. Unga solishtirganda, «A» seriyada ishlash bo‘yicha besh-olti yil ko‘proq tajribaga egaman. O‘ylashimcha, Gattuzodan ko‘proq narsa bilaman. Ushbu mavzu yuzasidan olib boriladigan har qanday bahs-munozarada g‘olib chiqishim aniq. Jamoaning qancha ko‘p yugurayotgani alohida masala, asosiysi, bu harakatlar qanchalik samara keltirayotganiga e’tibor qaratish kerak.

- Rinoni ham iste’foga chiqarishlari mumkin edi. Voqealarning shunday rivoji sizni qoniqtirarmidi?

- Hech qachon kimningdir muvaffaqiyatsizligidan quvonmaganman. O‘z ishim haqida o‘ylayman, boshqa narsalar men uchun unchalik qiziqmas. Aniqrog‘i, mutlaqo qiziqtirmaydi.

- Hattoki, Gattuzoning birinchi uchrashuvida «Benevento» so‘nggi daqiqalarda gol urganidan keyin ham sizda o‘ch olganlik hissi paydo bo‘lmadimi?

- «Sampdoriya»da ishlaganimda, Brinyoli qo‘l ostimda o‘ynagan. U o‘sha uchrashuvda jamoasi manfaati yo‘lida foydali ish qilibdimi, demak uni yaxshi shug‘ullantirgan ekanman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:34, 13.12.2018.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.