Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

«Keldim! Tepdim! Urdim!»

«Keldim! Tepdim! Urdim!»

Baho:
+ | -1

Jumla sizga o‘xshash tuyulgandir. Ha, bu o‘sha mashhur Yuliy Sezarning gaplarining boshqacharoq talqini. O‘z o‘rnida yuqoridagi fikr boshqa bir, futboldagi Sezarga tegishli.

Yuliy Sezar qanday hukmdor bo‘lganini tarixdan bilamiz. Qahrli, shafqatsiz, o‘z navbatida butun dunyoning e’tiborini torta olgan. Ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin ishlari, urushlari tarixda qolishiga sababchi bo‘ldi.

Futbolda ham shunday shaxs bor. Bu — Zlatan. Gaplari kamtarlik chegarasidan qanchalik chetga chiqsa, gollari ham mumkinlik nuqtai nazarini shunchalik «buzib ketadi». Bugun «Men Eyfelning o‘rnida turishim kerak», deydi. Tabiiyki, fikri g‘ashingizga tegib turganida shunday gol urib qo‘yadiki, gapingiz bo‘g‘zingizda qoladi. «Sen kim bo‘psanki Eyfelning o‘rniga da’vogarlik qilasan», deya olmaysiz. Chunki Zlatan goli bilan nimalarnidir isbotlab qo‘ygan bo‘ladi.

Futbolda «og‘zi kattalar» ko‘p. Bir paytlar Mario Balotelli ismli futbolchi «Men faqat Ronaldudan yomonroq o‘ynadim», «Men faqat Messidan yomonroq o‘ynadim», deb hammaning ensasini qotirardi. Ammo fikriga yarasha o‘ynamay qo‘ydi, oqibatda biz uni «Balotelli ismli futbolchi» deydigan bo‘ldik.

«Milan»ga kelishini eshitganimda Zlatan nega kelyapti, qarigan-ku, demadim. Uning o‘rnida boshqa futbolchi bo‘lganida bu so‘zlarga tilim aylanardi, ehtimol. Ammo shved jangchisiga emas. Boisi, «Milan»dagi boshqa futbolchilarga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, Zlatan shu yoshida ham bu klubdagi istalgan futbolchidan kuchli va tajribali. Qarang, hatto gol urishga ham ulguribdi. Keldi, salomlashdi, bir piyola choy ichar-ichmas o‘yinga tushdi va gol urdi. Qoyil-e… Qani, endi ham «Zlatan nega «Milan»ga keldi?» deya olasizmi?

Bugun milanliklar Zlatanning istalgan gapini hazm qilishga tayyor. Katta ehtimol bilan yaqin orada «Ibragimovich oldinroq kelganida Milanning hokimiga aylanardi»,  «U «Milan»ga juda kerak», «U A seriyani qisqa muddatda zabt etdi», «Milan Zlatanning ismi bilan nomlanishi kerak» va shunga o‘xshash Ibragimovichona fikrlarga qulog‘imiz o‘rganadi. Shu bilan birga, Zlatan italyan klubi muxlislarini quvontirib, gollar urishni ham boshlab qoladi. A seriyadagi Ronalduga bo‘lgan e’tiborning ma’lum qismini olib qo‘yadi. Aytgancha, endi Ronaldu — Messi raqobatining o‘rnini Ronaldu — Ibragimovich raqobati egallar. Har holda, bizning «yovuz qahramon» bunga tayyor.

Zlatanni futbol olami unutmaydi, garchi ko‘plab xunuk qiliqlar, kishining g‘ashini keltiradigan xatti-harakatlar qilgan esa-da, garchi o‘zining zo‘rligini chegaraga qarab o‘tirmay ta’kidlayotgan esa-da. Chunki u ham Sezar, futbolning Sezari.

Nizomjon ISLOMOV

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:56, 04.01.2020.
O'qildi: 9886 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.