“Dnepr-1” va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Artem Dovbik Yevropaning bir qancha klublari qiziqishlari doirasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga Italiyaning "Fiorentina", "Torino" va "Bolonya" kabi klublari qiziqish bildirmoqda. “Binafsharanglilar” agar Dushan Vlaxovichni sotsa, Dovbik bilan shartnoma imzolashi mumkin. Qolaversa, unga Angliya premyer-ligasi klubidan ham qiziqish bor. Bundesliga varianti futbolchini qiziqtirmayapti.
Qayd etish lozim, 24 yoshli hujumchi ayni damda Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U 17 o‘yinda 14 gol urib, 4 golga assistentlik qilgan.