Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Horvatiya futboli afsonasi Toshkentdagi futbol infratuzilmasi bilan tanishdi

Horvatiya futboli afsonasi Toshkentdagi futbol infratuzilmasi bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Horvatiya futboli afsonasi Alyosha Asanovich bugun Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” terma jamoalar markazi qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi. Unga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes hamrohlik qilib, mazkur markazdan o‘rin oladigan obektlar, xususan, futbolchilar uchun mehmonxona, mashg‘ulot maydoni va zallari, stadion loyihasi bilan tanishtirdi. Ushbu bazadan o‘rin oladigan zamonaviy tibbiy-tiklanish markazi, kutubxona, restoran, yashil hudud kabi obektlar haqida ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida Alyosha Asanovich va Srechko Katanes mazkur qurilish-loyihasi borasidagi taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Shundan so‘ng mutaxassislar Toshkent shahar futbol akademiyasini ko‘zdan kechirishdi. Ayni vaqtda akademiyada qurilish-rekonstruksiya jarayonining so‘nggi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ovqatlanish, dam olish va tibbiyot xonalaridagi sharoitlar, yangi binolarni zamonaviy jihozlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berildi. Akademiya murabbiylari bilan suhbat tashkil etilib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Alyosha Asanovich va Srechko Katanes o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini samarali o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:00, 24.08.2022.
O'qildi: 1723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик