Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida O‘FA rahbariyati, qo‘mita a’zolari, hududiy akademiyalar shifokorlari hamda mas’ullar ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, akademiyalarning birinchi yarim yillikdagi tibbiy yo‘nalishi bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi. Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish borasidagi talab va takliflarini bildirdi.

«Sizlar futbolimiz rivojlanishida muhim vazifani bajarasiz. Yosh futbolchilarimizni sog‘lom voyaga yetkazishda sport shifokorlarining o‘rni beqiyos. Shu sababli, tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishda oldinga qadam tashlayapmiz, biroq oldimizda hali ancha vazifalar bor. Tan olish kerak, o‘z vaqtida vitaminizasiya, to‘g‘ri ovqatlanish borasidagi kamchiliklar sabab hozirda ko‘plab futbolchilarimizda bo‘y va jismoniy kuch jihatdan biroz kamchiliklar kuzatilmoqda. Biz bu holatni kechiktirmay hozirdanoq tubdan isloh qilishga sizlar bilan birga kirishdik. Ishonchimiz komilki, ushbu boshlagan ishlarimiz yaqin kelajakda o‘z natijasini beradi», dedi Ravshan Irmatov.

Uchrashuv davomida akademiya tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini doimiy monitoring qilish, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi, vitaminizasiya va tiklanish jarayonlariga ilmiy yondashish kerakligi ta’kidlandi. Barcha akademiyalarni zarur tibbiy uskunalar, dori-darmonlar, vitaminlar bilan ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, yosh kadrlarni malakasini doimiy oshirib borish zarurligi aytildi. Ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:07, 24.08.2022.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.