Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

APL to‘purarlari: "Oltin butsa" uchun kurashda kimlar yetakchilik qilmoqda?

APL to‘purarlari: "Oltin butsa" uchun kurashda kimlar yetakchilik qilmoqda?

Baho:
+ | -

Premyer-ligada intrigalar juda ko‘p. Shulardan biri, shubhasiz, mavsum davomida eng ko‘p gol urgan futbolchiga taqdim etiladigan "Oltin butsa" sovrinidir. Bunga erishish maqsadida APL hujumchilar qariyb 10 oy mobaynida tinmay harakat qilishlari kerak. Yaqin tarixda ushbu maqomga Muhammad Saloh, Son, Ronaldu, Keyn va Obameyang kabi yulduzlar erisha olgan. Xo‘sh, yangi mavsumning bu frontida ishlar qanday ketmoqda?

Ko‘pchilik bu yil ham "Liverpul" yulduzi Muhammad Salohning "Oltin butsa" uchun da’vogarlik qilishini taxmin qilgan edi. Ammo amalda bu ehtimol unchalik ham to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Saloh bu mavsumda katta raqobatga duch keldi. Hozir "Manchester Siti"ning yangi gol mashinasi bo‘lgan Xoland, "Tottenxjm" yulduzi Xarri Keyn va Son, shuningdek, "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezuslar to‘purarlik uchun asosiy nomzodlar sanaladi. "Liverpul" bu mavsumda Darvin Nunyesni olib keldi. U ham "Oltin butsa"ga ega chiqishni istaydi. Xullas, nomzodlar talaygina. Ularning har biri jiddiy nomlar.

Demak, mavsumning ayni hozirgi qismiga kelib, to‘purarlar jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Erling Xoland ("Manchester Siti") - 18
2. Xarri Keyn ("Tottenxem") - 11
3. Ayvan Touni ("Brentford") - 10
4. Aleksandr Mitrovich ("Fulxem") - 9
5. Rodrigo Moreno ("Lids") - 9
6. Migel Almiron ("Nyukasl") - 8
7. Leandro Trossard ("Brayton") - 7
8. Roberto Firmino ("Liverpul") - 7
9. Fil Foden ("Manchester Siti") - 7
10. Jeyms Meddison ("Lester") - 7
11. Muhammad Saloh ("Liverpul") - 6
12. Martin Edegor ("Arsenal") - 6.

APLning o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan bahslarida "Brentford" hujumchisi Touni "shaharliklar" darvozasiga 2 ta to‘p kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatda nomlari keltirilgan Keyn, Moreno, Firmino, Foden va Meddisonlar ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Qolaversa, "Arsenal" Martin Edegorning dubli evaziga o‘zining yetakchiligini yanada mustahkamlagan ("Vulverxempton"ga qarshi).

O‘tgan mavsum so‘ngida Son va Saloh turnirning eng yaxshi to‘purari maqomini olib, "Oltin butsa"ga erishgan. Taqdirlash marosimidan keyin Son shunday degandi:

"Jamoadagi har bir futbolchi meni qo‘llab-quvvatlab turdi. Ular doimo menga ishonishini aytishadi. Men o‘yinlarda qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurishim mumkindir. Lekin qiyin vaziyatlarni omadli yakunlayman. Bugungi sovrin yolg‘iz mening emas, butun jamoaning sa’y-harakatlari sababli qo‘lga kiritildi. Ularsiz hech narsa qila olmasdim. Jamoadoshlarimni juda ham qadrlayman. O‘ylaymanki, bu hali hammasi emas".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:23, 14.11.2022.
O'qildi: 2817 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.