Braziliya terma jamoasining yangi murabbiyi Dorival Junior jamoaning asosiy yulduzi – hujumchi Neymar haqida gapirdi.
"Braziliya Neymarsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak, chunki u uzoq vaqt jarohat olgan. Bu dunyodagi eng yaxshi uchta futbolchidan biri.
U to‘liq tuzalib ketgach, biz uning yordamiga ishonamiz", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Neymar yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tib, "Al-Hilol" bilan mehnat shartnomasini imzolagan edi.













